Litsenziyaning amal qilishini to'xtatib turish advokat jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda u ayblanuvchi tariqasida jalb etilgan paytdan boshlab va sud hukmi qonuniy kuchga kirguniga qadar yoxud reabilitatsiya qiluvchi asoslarga binoan uni jinoiy javobgarlikdan ozod etish to'g'risida qaror qabul qilinguniga qadar advokatga guvohnoma bergan adliya organining qarori bilan amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilishini to'xtatib turish advokatga guvohnoma bergan adliya organining yoki Advokatlar palatasining murojaatiga ko'ra ma'muriy sudning qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasining yoki adliya organining o'z vakolatlari doirasida qabul qilingan, shu jumladan advokatning zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklaydigan qarorlari advokat tomonidan bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda;
advokat tomonidan advokatura to'g'risidagi qonunchilik talablari, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi buzilganligi aniqlanganda.
Litsenziyaning amal qilishini to'xtatib turish muddati olti oydan oshishi mumkin emas, bundan advokat jinoyat ishida ishtirok etishga ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan hol mustasno. Litsenziyasining amal qilishi to'xtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishini to'xtatib turishga olib kelgan holatlarni, agar ular bartaraf etib bo'lmaydigan xususiyatga ega bo'lmasa, ko'rsatilgan muddatda bartaraf etishi shart.
Adliya organining litsenziyaning amal qilishini to'xtatib turish to'g'risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Litsenziyaning amal qilishini to'xtatib turish advokat maqomining to'xtatib turilishiga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn«Advokatura to'g'risida»gi qonun
15-modda. Litsenziyaning amal qilishini to'xtatib turish
(15-модда иккинчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Advokat litsenziyasining amal qilishini to'xtatib turish — bu advokat vaqtincha professional faoliyatni to'xtatadigan huquqiy jarayon. Bu jinoiy javobgarlikka tortilganda yoki kasb etikasi qoidalarini buzganda qo'llaniladi. Muddati oltita oydan oshmasligi kerak.
**Kimga tegishli**
Bu qonun normasiga ko'ra, advokatura to'g'risidagi qonunchilikni boshqaradigan adliya organlari va Advokatlar palatasiga tegishli.
**Amalda**
Advokat jinoiy ishda ayblanuvchi sifatida jalb etilsa, adliya organi uning litsenziyasini to'xtatib turadi. Masalan, advokat o'ziga topshirilgan pulni o'ziga olgan deb ayblansa, sud hukmi chiqmaguniga qadar u advokat sifatida ishlay olmaydi. Agar sud uni ozod qilsa, litsenziya qayta faol bo'ladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.