Avtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish qoidalari (VM qarori №683, 2017)

12-band. 2-bob. Avtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish — 12-band

Avtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish hududiy DYHXX organlari tomondan quyidagi holatlarda amalga oshiriladi: a) YHXX va uning hududiy boshqarmalarida ro'yxatdan o'tkazilmagan yangi avtomototransport vositasi olinganda; b) O'zbekiston Respublikasi bojxona hududiga kiritilgan avtomototransport vositalari va ular tirkamalari va yarim tirkamalarining erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimida bojxona ro'yxatidan o'tkazishda; v) ilgari YHXX va uning hududiy boshqarmalarida ro'yxatdan o'tgan avtomototransport vositasining egasi o'zgarganda; g) avtomototransport vositasining ro'yxatdan o'tgan joyini o'zgartirishni talab qiluvchi, avtomototransport vositasi egasining yashash (turar) joyi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o'zgargan holatlarda.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.