Avtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish qoidalari (VM qarori №683, 2017)

16-band. 2-bob. Avtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish — 16-band

Avtomototransport vositasini davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun uning egasi yoki vakili YHXX va uning hududiy boshqarmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etgan holda murojaat etadi: avtomototransport vositasi egasining yoki uning vakili shaxsini tasdiqlovchi hujjat; avtomototransport vositasining avvalgi egasiga berilgan avtomototransport vositasini ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi guvohnoma; avtomototransport vositasiga bo'lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni tasdiqlovchi hujjat (notarial tasdiqlangan hujjatlar bundan mustasno); O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo'mitasining gaz ballonlarini sinovdan o'tkazish huquqini beruvchi ruxsatnomasi mavjud bo'lgan tashkilot tomonidan transport vositalariga o'rnatilgan gaz ballonlari sinovdan o'tkazilganligi to'g'risidagi dalolatnoma (gaz balloni o'rnatilmagan transport vositalari mustasno); YHXX va uning hududiy boshqarmalarining ro'yxatga olish bilan bog'liq xizmatlari uchun to'lov to'laganligi haqidagi bank to'lov hujjati (yig'imlar va to'lovlardan ozod etilgan shaxslar hamda elektron to'lov tizimlar orqali to'lov amalga oshirilgan hollar bundan mustasno); Avtomototransport vositasini avval berilgan (avval qo'llanilgan) RO'DRBni qayta berish bilan davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun mazkur Nizomning 31-bandiga muvofiq avtomototransport vositasining yangi egasi yoki uning vakili tomonidan hududiy boshqarmalariga quyidagi qo'shimcha hujjatlar taqdim etiladi: jismoniy shaxslar uchun — yaqin qarindoshlikni tasdiqlovchi hujjat yoki umumiy mulkka bo'lgan egalik huquqi to'g'risida guvohnoma yoki merosga bo'lgan egalik huquqi to'g'risidagi guvohnoma; yuridik shaxslar uchun — arizachining avtomototransport vositasi avvalgi egasi oldida huquqiy vorislikni tasdiqlovchi hujjat yoki arizachi avtomototransport avvalgi egasining ishtirokchisi (ta'sischi, a'zosi) bo'lganligini tasdiqlovchi hujjat yoki avtomototransport avvalgi egasi arizachining ishtirokchisi (ta'sischi, a'zosi) bo'lganligini tasdiqlovchi hujjat. Bunda avtomototransport vositasini davlat ro'yxatidan o'tkazishda quyidagi hujjatlar vakolatli organlardan idoralararo elektron hamkorlik orqali olinadi: avtomototransport vositasining oldi-sotdi shartnomasi va boshqa notarial tasdiqlangan bitimlar; «Elektron onlayn auktsionlarni tashkil etish» AJ tomonidan berilgan auktsion bayonnomalari; davlat ulushi mavjud korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan avtomototransport vositalariga beriladigan elektron hisob-ma'lumotnomalar; avtomototransport vositasi mulkdorining ma'lumotlari (jismoniy shaxs F.I.O., yuridik shaxs nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, manzili) o'zgarganini tasdiqlovchi ma'lumotlar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.