Avtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish qoidalari (VM qarori №683, 2017)

22-band. 2-bob. Avtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish — 22-band

YHXX va uning hududiy boshqarmalari tomonidan avtomototransport vositasini davlat ro'yxatiga qo'yish yozma shaklda quyidagi holatlarda rad etilishi mumkin: a) mazkur Nizomda belgilangan tegishli hujjatlar taqdim etilmaganda; b) avtomototransport vositasini rul boshqaruvi o'ng tomonda joylashgan holda taqdim etganda; v) YHXX va uning hududiy boshqarmalarida foydalanuvga yaroqsizligi tufayli hisobdan chiqarilgan avtomototransport vositasini taqdim etganda; v¹) ishlab chiqarilganiga 50 yil va undan ortiq bo'lgan transport vositalari taqdim etilganda («antikvar» avtomototransport vositalari bundan mustasno); g) konstruktsiyasi yoki konstruktsiyasiga kiritilgan o'zgartirishlar texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga, shuningdek yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash sohasida belgilangan tartibda normalarga javob bermaydigan holatlarda avtomototransport vositasini taqdim etganda; d) YHXX tomonidan beriladigan ruxsatsiz mustaqil ravishda ehtiyot qismlar va agregatlardan tayyorlangan va yig'ilgan avtomototransport vositasini taqdim etganda; ye) avtomototransport vositasiga tashkilot — ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo'yilgan identifikatsiya tamg'asini yashirish, soxtalashtirish, o'zgartirish, yo'q qilish alomatlari yoxud taqdim etilgan hujjatlarning soxtalashtirilishi, taqdim etilgan hujjatlarda yoki ro'yxatga doir hujjatlarda ko'rsatib o'tilgan ma'lumotlarga avtomototransport vositasi va raqam agregatlarining nomuvofiqligi aniqlanganda; j) avtomototransport vositasining, raqam agregatlarining qidiruvda ekanligi yoki taqdim etilgan hujjatlarning yo'qolganligi (o'g'irlanganligi) to'g'risida ma'lumotlar mavjud bo'lganda; z) O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq avtomototransport vositasining tasarruf etilishiga taqiq yoki uning xatlab qo'yilishi mavjud bo'lganda. Avtomototransport vositasi egasi yoki uning vakili avtomototransport vositasini davlat ro'yxatidan o'tkazishga rad etish asoslarini bartaraf etgan taqdirda, avtomototransport vositasini davlat ro'yxatiga qo'yish to'g'risida ariza bilan qaytadan murojaat qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.