Avtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish qoidalari (VM qarori №683, 2017)

24-band. 2-bob. Avtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish — 24-band

Avtomototransport vositasini davlat ro'yxatidan o'tkazish mobaynida YHXX va uning hududiy boshqarmalari avtomototransport vositasining ro'yxatdan o'tkazish elektron kartasini ochadi, unga agregat raqamlari, avtomototransport vositasining boshqa texnik parametrlari, avtomototransport vositasi egasi to'g'risida ma'lumotlar, uning yashash (turar) joyi va boshqa zarur ma'lumotlar kiritiladi. Transport vositasining ro'yxatdan o'tkazish elektron kartasiga ro'yxatdan o'tkazishda quyidagi ma'lumotlar ham kiritiladi: avtotransport vositasini 18 yoshga to'lmagan jismoniy shaxs nomiga, mototransport vositasini esa 16 yoshga to'lmagan shaxs yoki muomalaga layoqatsiz shaxs nomiga ro'yxatdan o'tkazishda — avtomototransport vositasining egasi qonuniy vakillari: ota onasi, farzandlikka oluvchilar, vasiy va homiylar to'g'risida; hadya shartnomasida yoki meros guvohnomasida avtomototransport egasi sifatida ko'rsatilgan shaxslardan birining nomiga avtomototransportni ro'yxatdan o'tkazishda — avtomototransport vositasining boshqa egalari to'g'risidagi ma'lumotlar;
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.