RO'DRB:
avtotransport vositalarining old va orqa qismlarida mustahkamlash uchun bir juft RO'DRB;
mototransport vositalari hamda tirkama va yarim tirkamalarning orqa qismiga joylashtirish uchun bir dona RO'DRB beriladi.
RO'DRB YaAAT «Davlat raqami belgilari» modulida avtomatik tarzda tasodifiy tanlash orqali beriladi, yagona oshirilgan to'lov evaziga beriladigan RO'DRB bundan mustasno;
yagona oshirilgan to'lov evaziga beriladigan avtomototransport vositalari uchun RO'DRB jismoniy va yuridik shaxslarning to'g'ridan-to'g'ri elektron murojaatiga asosan taqdim etiladi;
yuridik shaxslarga, davlat tashkilotlari va ustav fondida 50 foizdan ortiq davlat ulushi bo'lgan yuridik shaxslardan tashqari — I, IA yoki IE, IAE tipli RO'DRB;
jismoniy shaxslarga — III, IIIA yoki IIIE, IIIAYe tipli RO'DRB.
Bunda:
umumiy vazni (yuki bilan) 44 tonnadan ortiq bo'lgan, yuridik shaxslarga tegishli yuk avtomobillariga I, IA yoki IE, IAE tipli, jismoniy shaxslarga tegishli yuk avtomobillariga III, IIIA yoki IIIE, IIIAE tipli «YUK» seriyali RO'DRB;
konlarda, shaxta va karyerlarda qo'llaniladigan yuridik shaxslarga tegishli maxsus transport vositalariga I, IA yoki IE, IAE tipli, jismoniy shaxslarga tegishli maxsus transport vositalariga III, IIIA yoki IIIE, IIIAE tipli, «KON» seriyali RO'DRB;
yuridik shaxslarga tegishli «antikvar» avtomobillarga I, IA yoki IE, IAE tipli, jismoniy shaxslarga tegishli «antikvar» avtomobillarga III, IIIA yoki IIIE, IIIAE tipli, «ANT» seriyali RO'DRB;
yuridik shaxslarga tegishli yo'nalishsiz taksilarga I, IA yoki IE, IAE tipli, «TTT» seriyali RO'DRB beriladi.
Avtotransport vositalarining sonidan kelib chiqqan holda yuqoridagi seriyali RO'DRBlarining oxirgi harflari o'rniga boshqa harflar qo'llanilishi mumkin;
Ilgari foydalanishda bo'lgan barcha toifalardagi ro'yxatdan o'tkazish davlat raqami belgilari avtomototransport vositasi qayta davlat ro'yxatidan o'tkazilganda, ushbu transport vositasi egasining xohishiga ko'ra hamda yagona oshirilgan to'lovning 50 foizi miqdorida to'lov amalga oshirilgan taqdirda uning egasining nomida qoldirilishi yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa shaxs nomiga o'tkazilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnAvtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish qoidalari (VM qarori №683, 2017)
26-band. 3-bob. Avtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazishda ro'yxatdan o'tkazish davlat raqami belgilarini berish — 26-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.