Avtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish qoidalari (VM qarori №683, 2017)

29-band. 3-bob. Avtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazishda ro'yxatdan o'tkazish davlat raqami belgilarini berish — 29-band

Avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o'tkazishda oldin berilgan (ilgari foydalanishda bo'lgan) barcha toifalardagi ro'yxatdan o'tkazish davlat raqami belgilari transport vositasining avvalgi egasining arizasiga ko'ra hududiy boshqarmalarga o'n ikki oy muddatga saqlash uchun topshirilishi mumkin. RO'DRBni o'n ikki oy muddatga saqlaganlik uchun to'lov undirilmaydi. Ushbu muddat tugagandan so'ng, qo'shimcha ravishda bir marotaba o'n ikki oydan oshmagan muddatga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida to'lov to'lagan holda RO'DRB saqlash muddatini uzaytirish mumkin. Saqlash uchun undirilgan to'lov summasi YHXXning Davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmati moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini rag'batlantirish va mukofotlash jamg'armasiga o'tkaziladi. Jismoniy va yuridik shaxslar saqlash uchun topshirilgan RO'DRBlarning holatini tekshirish uchun mazkur Nizomning 1¹-bobida belgilangan tartib asosida YHXXning mobil ilovasi, rasmiy veb-sayti yoki YaIDXP orqali murojaat etishlari mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.