Avtomototransport vositalarini vaqtinchalik ro'yxatdan o'tkazish YHXX va uning hududiy boshqarmalari tomonidan quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
a) O'zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish bojxona rejimiga olib kelingan avtomototransport vositalari davlat bojxona xizmati organlari tomonidan rasmiylashtirilganda;
b) avtomototransport vositasi tajriba namunalari sinovlaridan o'tkazilganda;
v) avtomototransport vositasining lizing (sublizing) shartnomasiga asosan avtomototransport vositasi lizingga (sublizingga) berilganda;
v¹) distribyutor yoki diler tashkiloti tomonidan, shu jumladan, «TRADE-IN» va «TRADE-UP» dasturlari bo'yicha ilgari foydalanishda bo'lgan avtomototransport vositasi sotib olinganda;
g) avtomototransport hujjatlarining qonuniyligiga shubha yoki boshqa aniqlik kiritilishi talab etilayotgan holat paydo bo'lganda;
d) avtomototransport vositasi egasining yashash (turgan) joyi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o'zgarganda, avtomototransport vositasining vaqtinchalik ro'yxatdan o'tkazish joyini o'zgartirish talab etilganda;
ye) avtomototransport vositasi bilan egasining yashash (turgan) joyi olti oydan ko'p bo'lgan muddatga vaqtinchalik o'zgarganda, shuningdek notarius tomonidan tasdiqlangan shartnoma, ishonchnoma bo'yicha vaqtinchalik o'tkazilishi bilan bog'liq holda avtomototransport vositasi u ro'yxatdan o'tgan YHXX va uning hududiy boshqarmalari tashqarisiga chiqib ketganda.
lex.uz’dagi asl matnAvtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish qoidalari (VM qarori №683, 2017)
33-band. 4-bob. Avtomotransport vositalarini vaqtinchalik ro'yxatdan o'tkazish — 33-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.