Avtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish qoidalari (VM qarori №683, 2017)

40-band. 4-bob. Avtomotransport vositalarini vaqtinchalik ro'yxatdan o'tkazish — 40-band

Lizing oluvchiga avtomototransport vositasi mulk huquqi asosida o'tishini nazarda tutuvchi lizing (sublizing) shartnomasining amal qilish muddati tugashi bilan avtomototransport vositasi lizing (sublizing) shartnomasi va lizing beruvchining avtomototransport vositasiga bo'lgan mulk huquqining lizing oluvchiga o'tganligi haqidagi tasdiqlovchi xati asosida lizing oluvchining nomiga davlat ro'yxatidan o'tkaziladi. Lizing oluvchiga avtomototransport vositasiga bo'lgan mulk huquqining o'tishi nazarda tutilmagan lizing shartnomasining amal qilish muddati tugashi bilan lizing oluvchiga avtomototransport vositasi faqat notarius tomonidan tasdiqlangan avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o'tkazish shartnomasi (oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, renta va boshqalar) asosida ro'yxatdan o'tkazilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.