Davlat ro'yxatidan (vaqtinchalik ro'yxatdan) o'tkazish uchun taqdim etilgan avtomototransport vositalarining hujjatlari YHXX va uning hududiy boshqarmalarida ularning asli ekanligiga yoki ulardagi ma'lumotlarning haqiqiyligiga shubha tug'dirsa yoxud boshqa aniqlik kiritilishi lozim bo'lgan holatlar mavjud bo'lsa, lekin shu bilan birga mazkur Nizomning 22-bandida ko'rsatilgan avtomototransport vositasini davlat ro'yxatidan o'tkazishga rad qilish uchun asoslar mavjud bo'lmasa, olti oydan oshmagan muddatga vaqtinchalik ro'yxatga olinadi.
Ko'rsatilgan avtomototransport vositalarini vaqtinchalik ro'yxatdan o'tkazish mazkur Nizomning 16, 34 yoki 36-bandlariga muvofiq taqdim etilgan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Vaqtinchalik ro'yxatdan o'tkazish muddati davomida YHXX va uning hududiy boshqarmalari boshqa vakolatli organlar bilan o'zaro hamkorlikda taqdim qilingan hujjatlarni tekshirish bo'yicha tegishli tadbirlarni amalga oshiradi. Shubhalar tasdiqlanganda va ro'yxatdan o'tkazish uchun asoslar paydo bo'lganda YHXX va uning hududiy boshqarmalari avvalgi egasiga avtomototransport vositasining ro'yxatdan o'tkazilganligini tiklab berib, avtomototransport vositasining ro'yxatdan o'tganligini bekor qiladi yoxud qonunchilikda belgilangan boshqa choralarni ko'radi. YHXX va uning hududiy boshqarmalarining shubhalari tasdiqlanmaganda yoki avtomototransport vositasining vaqtinchalik ro'yxatdan o'tkazish muddati tugaganda, u avtomototransport vositasi egasining YHXX va uning hududiy boshqarmalari tomonidan ro'yxatdan o'tkazishdagi harakatlari uchun undiriladigan to'lovisiz umumiy asoslarga ko'ra ro'yxatdan o'tkaziladi.
lex.uz’dagi asl matnAvtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish qoidalari (VM qarori №683, 2017)
42-band. 4-bob. Avtomotransport vositalarini vaqtinchalik ro'yxatdan o'tkazish — 42-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.