Avtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish qoidalari (VM qarori №683, 2017)

45-band. 5-bob. Boshqa shaxslarga o'tkazish bilan bog'liq bo'lmagan avtomototransport vositalari bilan kelishuvlarni hisobga qo'yish — 45-band

Notariuslar, shuningdek, qonunchilikda nazarda tutilgan holatlarda esa konsullar tomonidan ham tasdiqlangan avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) tasarruf etish ishonchnomalari, ijara, tekinga foydalanish va avtomototransport vositalarini garovga qo'yish shartnomalari, avtomototransport vositasining ro'yxatdan o'tish joyi bo'yicha tegishli hududiy boshqarmalarda avtomototransport vositalarini ro'yxatdan o'tkazmasdan hisobga qo'yiladi. Avtomototransport vositalarini begonalashtirish bilan bog'liq bo'lmagan bitishuvlarni hisobga olish yuridik shaxslar tomonidan o'z xodimlariga berilgan avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish huquqiga ishonchnomalarga hamda yengil avtomobillarni va mototransport vositalarini ijaraga berish bo'yicha xizmatlar ko'rsatuvchi yuridik shaxslar hamda jismoniy shaxslar o'rtasida yengil avtomobillarni va mototransport vositalarini, shuningdek karshering tashkilotlarining yo'lovchilar avtotransporti va mototransport vositalarini jismoniy va yuridik shaxslarga o'ttiz kungacha muddatga qisqa muddatli ijaraga berish yuzasidan oddiy yozma shaklda tuziladigan ijara shartnomalariga nisbatan qo'llanilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.