Avtomototransport vositasini ro'yxatdan o'tkazish guvohnomasi yaroqsiz holga kelganda, shikastlanganda yoki o'g'irlanganda va (yoki) RO'DRB, yagona oshirilgan to'lov evaziga beriladigan avtomototransport vositalari uchun RO'DRB yaroqsiz holga kelganda, shikastlanganda yoki o'g'irlanganda, avtotransport vositasi quyidagi hujjatlar asosida qayta ro'yxatdan o'tkaziladi:
avtomototransport vositasi egasi yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
avtomototransport vositasini ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi guvohnoma yaroqsiz holga kelganda (u yaroqsiz holga kelganda);
shikastlangan RO'DRB, yagona oshirilgan to'lov evaziga beriladigan avtomototransport vositalari uchun RO'DRB (ular shikastlanganda);
ichki ishlar organlarining avtomototransport vositalarini ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi guvohnomaning va (yoki) RO'DRB, yagona oshirilgan to'lov evaziga beriladigan avtomototransport vositalari uchun RO'DRB o'g'irlanganligi (yo'qotilganligi) to'g'risidagi ma'lumotnomasi;
ro'yxatdan o'tkazish harakatlarini amalga oshirish mobaynidagi YHXX va uning hududiy boshqarmalari tomonidan undiriladigan belgilangan miqdordagi to'lovlar to'laganligini tasdiqlovchi bank to'lov hujjati (to'lovlardan ozod etilgan shaxslardan tashqari).
Avtomototransport vositasini ro'yxatdan o'tkazish guvohnomasi yaroqsiz holga kelganda, shikastlanganda, yo'qotilganda yoki o'g'irlanganda avtomototransport vositasini ro'yxatdan o'tkazish elektron kartasi ma'lumotlari asosida hududiy boshqarmalari avtomototransport vositasini ro'yxatdan o'tkazish guvohnomasining dublikatini beradilar.
O'zbekiston Respublikasi fuqarosi respublika hududidan tashqarida egaligida bo'lgan avtomototransport vositasi ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomasini yo'qotib yoki o'g'irlatib qo'yganda, avtomototransport vositasini ro'yxatdan o'tkazish elektron kartasi ma'lumotlari asosida avtomototransport vositasini ro'yxatdan o'tkazish guvohnomasining dublikati belgilangan to'lovlar asosida bir oygacha bo'lgan muddatga beriladi. Avtomototransport vositasi respublika hududiga qaytib kelgandan so'ng belgilangan tartibda texnik ko'rikdan o'tkazilib, tegishli to'lovlarga asosan doimiy ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnoma almashtirib beriladi.
RO'DRB, yagona oshirilgan to'lov evaziga beriladigan avtomototransport vositalari uchun RO'DRB shikastlanganda avtotransport vositasining ro'yxatdan o'tkazish ma'lumotlari asosida hududiy boshqarmalari ularning dublikatini beradi. RO'DRB, yagona oshirilgan to'lov evaziga beriladigan avtomototransport vositalari uchun RO'DRBlarning dublikati hududiy boshqarmalar talabnomasiga asosan tayyorlanadi.
Jismoniy va yuridik shaxslar shikastlangan RO'DRBning dublikatlarini olish uchun mazkur Nizomning 1¹-bobida belgilangan tartib asosida YHXXning mobil ilovasi, rasmiy veb-sayti yoki YaIDXP orqali murojaat etishlari mumkin.
RO'DRB, yagona oshirilgan to'lov evaziga beriladigan avtomototransport vositalari uchun RO'DRB yo'qolganda yoki o'g'irlanganda, avtotransport vositasining ro'yxatdan o'tkazish ma'lumotlari asosida hududiy boshqarmalar yangi RO'DRB berilishini ta'minlaydi.
RO'DRB, yagona oshirilgan to'lov evaziga beriladigan avtomototransport vositalari uchun RO'DRB dublikatlari yo'qolgan yoki o'g'irlanganlarining o'rniga berilishiga yo'l qo'yilmaydi.
Yagona oshirilgan to'lov evaziga beriladigan avtomototransport vositalari uchun RO'DRB topilganda, hududiy boshqarmalari topilgan va yagona oshirilgan to'lov evaziga beriladigan avtomototransport vositalari uchun RO'DRB avtotransport vositasi egasining arizasiga asosan belgilangan tartibda berilishini ta'minlaydi.
Amalga oshirilgan ro'yxatga olish to'g'risidagi ma'lumotlar (avtomototransport vositasini ro'yxatga olish to'g'risidagi guvohnomaning dublikatini, dublikat yoki yangi RO'DRBni berish) avtomototransport vositasining ro'yxatga olish elektron kartasiga kiritiladi, avtomototransport vositasini ro'yxatga olish to'g'risidagi guvohnoma, (yoki) RO'DRB, yagona oshirilgan to'lov evaziga beriladigan avtomototransport vositalari uchun RO'DRB to'g'risidagi ma'lumotlar yo'qolgan yoki o'g'irlangan taqdirda ham O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Axborot markaziga yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matnAvtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish qoidalari (VM qarori №683, 2017)
56-band. 6-bob. Avtomototransport vositalarini qayta ro'yxatdan o'tkazish — 56-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.