Avtomototransport vositasi hisobdan chiqarilganda avtomototransport vositasining ro'yxatga olish elektron kartasiga hisobdan chiqarishning sabablari to'g'risidagi ma'lumotlar kiritiladi.
Hisobdan chiqarilishi lozim bo'lgan avtomototransport vositasini ro'yxatga olish to'g'risidagi guvohnoma va (yoki) avtomototransport vositasining RO'DRBi yo'qolganda, ularning YHXX va uning hududiy boshqarmalarida mavjudligi tekshirilgandan so'ng, avtomototransport vositasining ro'yxatga olish elektron kartasiga avtomototransport vositasini ro'yxatga olish to'g'risidagi guvohnoma va (yoki) avtomototransport vositasining RO'DRBi yo'qolganligi to'g'risida tegishli yozuv kiritiladi. Bunda hisobdan chiqarilishi lozim bo'lgan avtomototransport vositasini ro'yxatga olish to'g'risidagi guvohnoma va (yoki) avtomototransport vositasining RO'DRBi to'g'risidagi ma'lumotlar ham O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Axborot markaziga yuboriladi.
Zarurat bo'lganda, avtomototransport vositasining egasiga o'rnatilgan tartibda avtomototransport vositasining raqam agregatlari hisobdan chiqarilganligi to'g'risidagi tegishli ma'lumotnoma beriladi.
lex.uz’dagi asl matnAvtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish qoidalari (VM qarori №683, 2017)
63-band. 7-bob. Avtomototransport vositalarini hisobdan chiqarish — 63-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.