Ro'yxatdan o'tkazish harakatlarini amalga oshirishda, shuningdek notarius tomonidan bitimlarning tasdiqlanishidan oldin ko'rikdan o'tkazilishida avtomototransport vositasini ro'yxatdan o'tkazish hujjatlaridagi ma'lumotlar YHXX va uning hududiy boshqarmalari tomonidan olib qochilgan va o'g'irlangan avtomototransport vositalari bo'yicha ma'lumotlar bazasi bilan taqqoslanadi, shuningdek O'zbekiston Respublikasi qonunchilikka muvofiq avtomototransport vositasi boshqa shaxsga o'tkazilishiga taqiq yoki xatlovning mavjudligi yuzasidan tekshiriladi.
Bunda avtomototransport vositasini boshqa shaxsga berish to'g'risidagi shartnomani «yagona darcha» tamoyili asosida rasmiylashtirish maqsadida notariuslar tomonidan avtomototransport vositasini boshqa shaxsga berish to'g'risidagi bitimlar tasdiqlanishida avtomototransport vositasini ro'yxatdan o'tkazish hujjatlaridagi ma'lumotlar YHXX va uning hududiy boshqarmalarining olib qochilgan va o'g'irlangan avtomototransport vositalari bo'yicha ma'lumotlar bazasi bilan integratsiya qilish orqali taqqoslanadi.
Avtotransport vositalariga nisbatan taqiq mavjud yoki mavjud emasligi to'g'risidagi ma'lumotlar «Raqamli hukumat» tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali aniqlanadi.
lex.uz’dagi asl matnAvtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish qoidalari (VM qarori №683, 2017)
8-band. 1-bob. Umumiy qoidalar — 8-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.