«Avtomobil transporti to'g'risida»gi qonun

11-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining asosiy vakolatlari

(11-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонунига асосан биринчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari avtomobil transportini rivojlantirish kompleks mintaqaviy dasturlarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining avtomobil transport sohasidagi asosiy vakolatlari quyidagilardir: avtomobil transportini rivojlantirish kompleks mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash uchun mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga kiritish hamda tasdiqlangan dasturni amalga oshirish; avtotransport xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirishga, barcha tashuvchilarning faoliyati uchun teng sharoitlar yaratishga ko'maklashish; avtomobil transportining moddiy-texnika va ijtimoiy negizini mustahkamlashga ko'maklashish. Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq avtomobil transporti sohasida boshqa vakolatlarga ham ega bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.