Mijozga xizmat ko'rsatish chog'ida tashuvchi:
tashish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo'lishi;
sertifikatga ega bo'lgan va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda ro'yxatga olingan ishga yaroqli transport vositalaridan foydalanishi;
tashish shartnomasi shartlariga rioya qilishi;
yo'lovchilar, bagaj va yuklar tashishning belgilangan qoidalariga rioya qilishi;
yo'lovchi, bagaj yoki yukni tayinlangan joyiga tashish shartnomasida belgilangan muddatda eltib qo'yishi. Agar eltib qo'yish muddati tashish shartnomasida belgilanmagan va nazarda tutilmagan bo'lsa, eltib qo'yish oqilona muddatlarda amalga oshirilishi lozim;
yo'lovchining xavfsizligini, xizmat ko'rsatishning zarur qulayliklari va shartlarini ta'minlashi;
bagaj va yuklarning tashishga qabul qilib olingan paytdan boshlab oluvchiga berilgunga qadar saqlanishini ta'minlashi;
yo'l harakati xavfsizligi va atrof muhitni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishini ta'minlashi;
tashuvchi tashishni davom ettirishdan bosh tortgan taqdirda mijoz ko'rgan zararni qoplashi;
avtomobilda tashishlar bo'yicha belgilangan tartibga muvofiq hisobga olish va hisobot berish ishlarini yuritishi;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarishi shart.
lex.uz’dagi asl matn«Avtomobil transporti to'g'risida»gi qonun
18-modda. Tashuvchining majburiyatlari
(18-модданинг ўн иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.