«Avtomobil transporti to'g'risida»gi qonun

20-modda. Mijozning majburiyatlari

(20-модданинг олтинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Mijoz: tashish shartnomasi shartlariga rioya qilishi; tashish qoidalarida o'ziga qo'yilgan talablarni bajarishi; tashilayotgan yukning tashish shartnomasiga muvofiqligini tasdiqlovchi zarur hujjatlarni tashuvchining talabiga binoan taqdim etishi; avtotransport vositalarining tashilishi lozim bo'lgan yuk yoki bagaj yoniga bemalol va xavfsiz kirib bora olishini ta'minlashi; qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.