Agar tashuvchi yuk yoki bagajning yo'qolishi, kam chiqishi yoki shikastlanishida (buzilishida) o'zining aybi yo'qligini isbotlay olmasa, tashish uchun qabul qilib olgan yuk yoki bagaj yo'qolganligi, kam chiqqanligi yoki ularga shikast yetkazilganligi (buzilganligi) uchun javobgar bo'ladi.
Yuk yoki bagajni tashish vaqtida yetkazilgan zarar yo'qotilgan, kam chiqqan yoki shikastlangan (buzilgan) yuk yoki bagaj qiymati, shuningdek tashuvchi yo'qolgan, kam chiqqan yoki shikastlangan (buzilgan) yuk yoki bagajni eltib berish uchun mijozdan olgan kira haqi qiymati miqdorida, agar bu kira haqi yuk yoki bagajning bahosiga kirmasa, tashuvchi tomonidan qoplanadi.
Mijoz tashuvchidan yuk yo'qolgani, kam chiqqanligi yoki shikastlangani (buzilgani) tufayli yetkazilgan boshqa zararlar ham qoplanishini talab qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn«Avtomobil transporti to'g'risida»gi qonun
22-modda. Yuk yoki bagaj yo'qolgan, kam chiqqan yoki shikastlangan (buzilgan) hollarda tashuvchining javobgarligi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.