«Avtomobil transporti to'g'risida»gi qonun

9-modda. Avtomobil transporti faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish

(9-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1129-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.04.2026 й., 03/26/1129/0375-сон)

Avtomobil transporti faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sertifikatlash, litsenziyalash, soliq solish, ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan tashishlar uchun tariflarni shakllantirish, yagona ilmiy-texnika siyosatini o'tkazish yo'li bilan, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa shakllarda amalga oshiriladi. Avtomobil transportining davlat boshqaruvi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi avtomobil transportini boshqarish bo'yicha vakolat bergan davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tashuvchilarning xo'jalik faoliyatiga aralashishga hamda ushbu tashuvchilarning xodimlarini boshqa ishlarga jalb etishga haqli emas, bundan tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan, favqulodda holat joriy etilgan hollar mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.