Shaxsning axborot borasidagi xavfsizligi uning axborotdan erkin foydalanishi zarur sharoitlari va kafolatlarini yaratish, shaxsiy hayotiga taalluqli sirlarini saqlash, axborot vositasida qonunga xilof ravishda ruhiy ta'sir ko'rsatilishidan himoya qilish yo'li bilan ta'minlanadi.
Jismoniy shaxslarga taalluqli shaxsiy ma'lumotlar maxfiy axborot toifasiga kiradi.
Jismoniy shaxsning roziligisiz uning shaxsiy hayotiga taalluqli axborotni, xuddi shuningdek shaxsiy hayotiga taalluqli sirini, yozishmalar, telefondagi so'zlashuvlar, pochta, telegraf va boshqa muloqot sirlarini buzuvchi axborotni to'plashga, saqlashga, qayta ishlashga, tarqatishga va undan foydalanishga yo'l qo'yilmaydi, qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno.
Jismoniy shaxslar to'g'risidagi axborotdan ularga moddiy zarar va ma'naviy ziyon yetkazish, shuningdek ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ro'yobga chiqarilishiga to'sqinlik qilish maqsadida foydalanish taqiqlanadi.
Fuqarolar to'g'risida axborot oluvchi, bunday axborotga egalik qiluvchi hamda undan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar bu axborotdan foydalanish tartibini buzganlik uchun qonunda nazarda tutilgan tarzda javobgar bo'ladilar.
Ommaviy axborot vositalari axborot manbaini yoki taxallusini qo'ygan muallifni ularning roziligisiz oshkor etishga haqli emas. Axborot manbai yoki muallif nomi faqat sud qarori bilan oshkor etilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to'g'risida»gi qonun
13-modda. Shaxsning axborot borasidagi xavfsizligi
(13-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.