«Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi qonun

31-modda. Banklarning chet eldagi shu'ba banklari, filiallari va vakolatxonalari

(31-модда биринчи қисмининг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 11 февралдаги ЎРҚ-1026-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.02.2025 й., 03/25/1026/0131-сон)

Banklar Markaziy bankning ruxsatnomasi bilan quyidagi hollarda chet elda shu'ba banklar ochishi va filiallar tashkil etishi, chet el banklarining kapitalida ishtirok etishi, shu jumladan chet el banklarini tashkil etishda ishtirok etishi mumkin, bundan mikromoliya banklari mustasno: Markaziy bank va qabul qiluvchi mamlakatning bank nazorati organi bilan axborot ayirboshlash to'g'risida kelishuv mavjud bo'lganda; qabul qiluvchi mamlakatning qonunchilik va uning qo'llanilish uslubiyoti Markaziy bank tomonidan shu'ba bank, filial ustidan nazorat vazifalarini bajarishiga to'sqinlik qilmaganda; bankning boshqaruvi va moliyaviy holati shu'ba bank, filial orqali amalga oshiriladigan, rejalashtirilayotgan faoliyat uchun yetarli bo'lganda; prudentsial normativlar ko'rsatkichlariga rioya etilganda va ular o'sib borganda hamda banklar va bank faoliyati to'g'risidagi qonunning boshqa talablariga muvofiq bo'lganda. Mikromoliya banklariga chet elda banklar, vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etish, chet el banklarining kapitalida, shu jumladan chet el banklarini tashkil etishda ishtirok etish taqiqlanadi. Bankning shu'ba banklari hamda vakolatxonalari ular ochiladigan va (yoki) tashkil etiladigan mamlakat qonunchiligiga muvofiq ochiladi va (yoki) filiallari tashkil etiladi. Bank tomonidan chet elda vakolatxona ochish, shu'ba bankni, vakolatxonani yoki filialni yopish, shuningdek chet el banki aktsiyalarini sotish to'g'risida qaror qabul qilingan taqdirda, bank bunday qaror qabul qilingan sanadan e'tiboran o'ttiz kun ichida Markaziy bankni xabardor qilishi va ushbu qaror bankning moliyaviy barqarorligiga qanday ta'sir ko'rsatishi to'g'risida axborot taqdim etishi shart. Markaziy bank qabul qiluvchi mamlakatdagi bank nazorati organini O'zbekiston Respublikasining yuridik shaxsi bo'lgan, mazkur mamlakat hududida shu'ba bank, vakolatxona yoki filial orqali faoliyat ko'rsatayotgan bankning litsenziyasi chaqirib olinayotganligi to'g'risida xabardor qilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.