Bank faoliyatining o'ziga xos tavakkalchiliklarining oldini olish va qisqartirish maqsadida Markaziy bank, basharti banklar va bank faoliyati to'g'risidagi qonunchilik talablariga rioya etilsa, banklar faoliyati ustidan prudentsial nazoratni ta'minlaydi.
Prudentsial nazoratni ta'minlash uchun Markaziy bank:
banklar va bank faoliyati to'g'risidagi qonunchilikning prudentsial talablariga muvofiq bo'lishi uchun banklar tomonidan foydalaniladigan tizimlar, strategiyalar, tartib-taomillar hamda mexanizmlar ustidan;
banklarga tahdid solayotgan yoki tahdid solishi mumkin bo'lgan tavakkalchiliklar, oqilona boshqaruv ta'minlanganligi hamda tavakkalchiliklarni muvofiqlashtiruvchi mexanizmlar banklarning kapitali va likvidligi bilan qoplanganligi ustidan;
banklarning tavakkalchilikni boshqarish, shuningdek korporativ boshqaruv jihatidan banklar va bank faoliyati to'g'risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Banklar o'zining banklar va bank faoliyati to'g'risidagi qonunchilikning prudentsial talablariga muvofiqligini baholash uchun zarur bo'lgan axborotni Markaziy bankka taqdim etishi shart.
Banklarning ichki boshqaruv mexanizmlari, buxgalteriya hisobi va hisobotlarning yuritilishi, shuningdek ma'muriy tartib-taomillari banklarning prudentsial talablarga muvofiqligini tekshirish imkonini berishi kerak.
Banklar Markaziy bank tomonidan prudentsial talablarga muvofiqlikni tekshirish uchun bitimlar va operatsiyalarni Markaziy bank tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq ro'yxatga olishi shart.
Markaziy bank banklar kapitalining monandligini ularning tavakkalchiliklari sohasidan kelib chiqib baholash uchun ularning faoliyati, tashkil etilishi va ichki jarayonlari to'g'risida axborot olish maqsadida banklar bilan hamkorlik qiladi.
Zarur hollarda Markaziy bank nazorat vazifalarini bajarish uchun tashqi ekspertlarni jalb etishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn«Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi qonun
45-modda. Prudentsial nazorat
(45-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.