Markaziy bank har yili banklar faoliyati ustidan prudentsial nazorat dasturini tasdiqlaydi, bu dastur quyidagilarni o'z ichiga oladi:
stress-test natijalari moliyaviy barqarorligida sezilarli tavakkalchiliklar mavjud ekanligini ko'rsatgan yoki bank faoliyati banklar va bank faoliyati to'g'risidagi qonunchilik talablariga muvofiq emasligi taxmin qilingan banklar;
tizimli ahamiyatga ega bo'lgan banklar;
Markaziy bankning fikriga ko'ra qo'shimcha nazorat qilinishi talab etiladigan banklar.
Prudentsial nazorat dasturi:
Markaziy bank tomonidan nazorat vazifalarini amalga oshirish va resurslarni taqsimlash tartibini;
qo'shimcha nazorat qilinishi lozim bo'lgan banklarni aniqlash tartib-taomilini va ushbu moddaning uchinchi qismiga muvofiq uni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan choralarni;
banklarni tekshirish rejasini o'z ichiga oladi.
Markaziy bank bankning tavakkalchiliklarini baholash natijalarini hisobga olib, quyidagilarni o'z ichiga olgan tegishli choralarni ko'rishi mumkin:
bankdagi tekshiruvlarning davriyligini oshirish;
bank tomonidan qo'shimcha hisobotlar taqdim etish;
bank tomonidan biznes-rejaning bajarilishi ustidan qo'shimcha tekshiruvlar o'tkazish;
muayyan tavakkalchiliklar bo'yicha mavzuli tekshiruvlar o'tkazish.
lex.uz’dagi asl matn«Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi qonun
47-modda. Prudentsial nazorat dasturi
(47-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.