Markaziy bank ushbu Qonunning 54, 55 va 56-moddalarida ko'rsatilgan qoidabuzarliklar uchun javobgar bo'lgan bankka, uning kuzatuv kengashi va boshqaruvi, bankning islomiy moliya kengashi a'zolariga, shuningdek bankning muhim ahamiyatga ega xodimlariga nisbatan choralar va sanktsiyalar qo'llashga haqli.
Qoidabuzarliklar qo'pol, jiddiy va juz'iy qoidabuzarliklarga bo'linadi.
Choralar va sanktsiyalarni qo'llash tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
Choralar va sanktsiyalar qo'llanilganda Markaziy bank quyidagilarni hisobga oladi:
tavakkalchilikning darajasini, qoidabuzarliklarning xususiyatini, miqyosini va oqibatlarini;
qoidabuzarliklarning tizimliligini va davomiyligini;
yo'l qo'yilgan qoidabuzarliklarning moliyaviy holatga ta'sirini;
qo'llaniladigan choralar va (yoki) sanktsiyalar natijasida vaziyatni o'zgartirish imkoniyatini;
aniqlangan qoidabuzarliklarning va (yoki) tavakkalchiliklarning yuzaga kelishiga olib kelgan sabablarni;
ilgari qo'llanilgan choralar va sanktsiyalarning samaradorligini (natijadorligini);
bank, bevosita va bilvosita aktsiyador tomonidan, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdor, kuzatuv kengashining va boshqaruvning, bank islomiy moliya kengashining a'zosi, bankning muhim ahamiyatga ega xodimi tomonidan qoidabuzarliklarni bartaraf etishga qaratilgan mustaqil choralar ko'rilishini.
lex.uz’dagi asl matn«Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi qonun
53-modda. Choralarning va sanktsiyalarning qo'llanilishi
(53-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 27 мартдаги ЎРҚ-1126-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.03.2026 й., 03/26/1126/0279-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 29 июнь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.