Jiddiy qoidabuzarliklar jumlasiga quyidagilar kiradi:
prudentsial normativlarga rioya etilmaganligi, bundan bank ustav kapitalining eng kam miqdoriga oid talablar mustasno;
banklar tomonidan to'lovlarning o'z vaqtida o'tkazilmaganligi;
moliyaviy ahvoli barqaror bo'lmagan qarz oluvchilarning kreditlari restrukturizatsiya qilinganligi;
Markaziy bankning aniqlangan qoidabuzarliklar to'g'risida bank aktsiyadorlarining umumiy yig'ilishini xabardor qilishga doir talabi bankning kuzatuv kengashi yoki boshqaruv a'zolari, shuningdek bankning islomiy moliya kengashi a'zolari tomonidan bajarilmaganligi;
bankning kuzatuv kengashi yoki boshqaruv a'zolari yoxud muhim ahamiyatga ega xodimlari, shuningdek bankning islomiy moliya kengashi a'zolari tomonidan korporativ boshqaruv va mukofotlash siyosatlari bajarilmaganligi;
buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlarni tuzish qoidalari buzilganligi;
xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat (harakatlar) Markaziy bankni belgilangan tartibda xabardor qilmay amalga oshirilganligi yoki tugatilganligi;
banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to'g'risidagi qonunchilik talablari buzilganligi;
juz'iy qoidabuzarlik uchun Markaziy bank tomonidan jarima qo'llanilganidan keyin uch yil davomida takroran sodir etilgan xuddi shunday qoidabuzarlik.
lex.uz’dagi asl matn«Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi qonun
55-modda. Jiddiy qoidabuzarliklar
(55-модданинг бешинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 27 мартдаги ЎРҚ-1126-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.03.2026 й., 03/26/1126/0279-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 29 июнь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.