«Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi qonun

57-modda. Qo'pol qoidabuzarliklar uchun choralar va sanktsiyalar

(57-модданинг бешинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 27 мартдаги ЎРҚ-1126-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.03.2026 й., 03/26/1126/0279-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 29 июнь)

Qo'pol qoidabuzarliklarni sodir etganlik uchun Markaziy bank: banklar va bank faoliyati to'g'risidagi qonunchilikni buzgan holda amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalardan olingan daromadlarning miqdorini aniqlash imkoni bo'lsa, bankdan ushbu daromadlarning ikki baravari miqdoridan yoki bank tomonidan o'tgan moliya yili davomida olingan sof foydaning besh foizi yoki bank jami kapitalining bir foizi miqdoridan ortiq bo'lmagan miqdorda jarima undirishga; ushbu Qonun 51-moddasining ikkinchi qismida ko'rsatilgan choralarni bankka nisbatan alohida holda yoki jamlangan tarzda qo'llashga; litsenziyani chaqirib olishga; bank kuzatuv kengashining, boshqaruvining, bankning islomiy moliya kengashi a'zosidan yoki muhim ahamiyatga ega xodimidan jarima qo'llanilayotgan oydan avvalgi bir yil ichida olingan mukofotning yuz foizidan ortiq bo'lmagan miqdorda jarima undirishga; qoidabuzarliklar, qoidabuzarlarga nisbatan qo'llanilgan choralar va sanktsiyalar to'g'risidagi xabarni ommaviy axborot vositalarida e'lon qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.