Quyidagi shartlarning barchasiga muvofiq bo'lgan, qo'yilgan pul mablag'lari omonatdir (depozitdir):
mijozning talabiga binoan yoki muddat o'tganidan keyin foizlar yoxud boshqa daromadlar bilan yoki ularsiz yoxud omonatchi yoki uning vakolatli vakili va pul mablag'larini qabul qiluvchi bank o'rtasida, kelishilgan shartlar asosida qaytarilishi lozim bo'lgan pul mablag'lari, bundan islomiy moliya standartlariga muvofiq omonat (depozit) summasini to'liq qaytarish majburiyatini nazarda tutmagan holda ushbu Qonun 5¹-moddasi birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko'rsatilgan moliya operatsiyalari asosida jalb etilgan pul mablag'lari (investitsiyaviy omonatlar (depozitlar) mustasno;
subordinar qarzga, egalik qilish huquqlariga yoki xizmatlariga, shu jumladan sug'urta xizmatlariga taalluqli bo'lmagan pul mablag'lari;
pul mablag'larini qabul qiluvchi bankning tegishli hujjati bilan yozma shaklda tasdiqlangan pul mablag'lari.
Pul mablag'larini omonatlarga (depozitlarga) jalb etish bo'yicha faoliyat bilan shug'ullanishga faqat banklar haqli.
lex.uz’dagi asl matn«Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi qonun
6-modda. Omonat (depozit)
(6-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 27 мартдаги ЎРҚ-1126-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.03.2026 й., 03/26/1126/0279-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 29 июнь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.