«Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi qonun

63-modda. Kreditlarning qaytarilishini ta'minlash

(63-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 11 февралдаги ЎРҚ-1026-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.02.2025 й., 03/25/1026/0131-сон)

Banklar garov, kafolatlar, kafillik, majburiyatlar asosida va majburiyatlar bajarilishini ta'minlashning qonunda nazarda tutilgan boshqa usullari asosida kreditlar beradi. Qarz oluvchi tomonidan shartnomaga doir majburiyatlar buzilgan taqdirda, banklar taqdim etilgan kreditlarni va ular bo'yicha hisoblangan foizlarni shartnomada nazarda tutilgan tartibda muddatidan ilgari undirishga, shuningdek undiruvni qonunchilikda belgilangan tartibda garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratishga haqli. Yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi), ushbu Qonun 7-moddasining to'rtinchi qismida ko'rsatilmagan va uning talablariga muvofiq bo'lmagan aktsiyalari hamda ulushlari banklar tomonidan ta'minot sifatida qabul qilinishi mumkin emas. Banklar ta'minlanmagan kredit (ishonchga asoslangan kredit) berish to'g'risida qaror qabul qilishi mumkin. Banklarga o'z aktsiyalarini garovga qo'yish evaziga kredit berish taqiqlanadi. Ushbu moddada belgilangan normalar banklarning kafolatlar berishga oid moliyaviy operatsiyalarni ta'minlashga nisbatan ham tatbiq etiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.