Bank faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga o'zgartirish bankka berilgan litsenziyani qayta rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun ariza beruvchi aktsiyador (aktsiyadorlar) tomonidan bank faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga o'zgartirish to'g'risida qaror qabul qilingan kundan e'tiboran o'n ish kuni ichida Markaziy bankka quyidagilarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi:
aktsiyadorning (aktsiyadorlarning) bank faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga o'zgartirish to'g'risidagi qarorini;
mikromoliya bankining ustavini ikki nusxada;
aktsiyadorlar ro'yxatini;
mikromoliya bankining kuzatuv kengashi va boshqaruvi a'zolari, bankning islomiy moliya kengashi a'zolari — islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki uchun, shuningdek muhim ahamiyatga ega xodimlari to'g'risidagi ularning ushbu Qonunning 36-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligini baholashdan o'tkazish uchun zarur bo'lgan axborotni;
mikromoliya banki joylashgan yerdagi Markaziy bank hududiy bosh boshqarmasining bank binolari, ularning muhofaza qilinishi ta'minlanganligi, uskunalar, ishlarni tashkil etish texnika vositalari bilan jihozlanganligi va dasturiy ta'minotining Markaziy bank talablariga muvofiqligi to'g'risidagi xulosasini — bankning joylashgan yeri o'zgargan yoki uning binosi rekonstruktsiya qilingan taqdirda;
mikromoliya bankining ustav kapitalida chet el banki ishtirok etgan taqdirda ushbu Qonun 17-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarni;
ushbu qismning ikkinchi — yettinchi xatboshilarida sanab o'tilgan hujjatlarning elektron shakldagi ko'chirma nusxalarini.
Arizani ko'rib chiqish va ariza beruvchini qabul qilingan qaror to'g'risida xabardor etish bankni davlat ro'yxatidan o'tkazish va litsenziya berish to'g'risidagi arizani ko'rib chiqish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda ushbu Qonunning 21-moddasida nazarda tutilgan hollardan tashqari bank faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga o'zgartirishni rad etish uchun quyidagilar asos bo'ladi:
bank tomonidan oxirgi olti oy davomida prudentsial normativlarga rioya etilmaganligi;
bankning to'lovga qobiliyatsizligi yoki to'lovga qobiliyatsiz bo'lib qolish ehtimolining mavjudligi.
Markaziy bank tomonidan litsenziyani qayta rasmiylashtirish to'g'risida qaror qabul qilingan taqdirda, Markaziy bank Banklarning davlat reyestriga bank faoliyati mikromoliya banki faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyati faqat islomiy banki faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga o'zgartirilganligi to'g'risidagi tegishli yozuvni kiritadi, shuningdek berilgan litsenziyani qayta rasmiylashtiradi.
O'z faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga o'zgartirgan bank mikromoliya banki uchun cheklangan moliyaviy operatsiyalarni faoliyati o'zgarguniga qadar tuzilgan shartnomalarni bajarish maqsadida, mazkur shartnomalarning amal qilish muddati tugaguniga qadar, biroq faoliyati o'zgargan sanadan e'tiboran ikki yildan oshmagan muddat davomida amalga oshirishga haqli. Bunda mazkur shartnomalarda majburiyatning dastlabki belgilangan summasini va shartnomaning amal qilish muddatini o'zgartirish taqiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi qonun
75⁴-modda. Bank faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga yoki faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki faoliyatiga o'zgartirish
(75⁴-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 27 мартдаги ЎРҚ-1126-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.03.2026 й., 03/26/1126/0279-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 29 июнь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.