9. Kontsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun, faoliyat turiga qarab
a) yakkaxon ijrochi kontserti (bir yakkaxon ijrochining kontsert dasturi), bitta janrning ikki yoki undan ko'p ijrochisi ishtirokidagi kontsert dasturi, turli janrlarning bir nechta ijrochisi ishtirokidagi kontsert dasturi (yakkaxon xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, qiziqchi va boshqalar), ommaviy axborot vositalarida qo'shiqlar va videokliplarni taqdim etish
I reyting guruhi ijrochilari
BHMning 50 baravari
II reyting guruhi ijrochilari
BHMning 25 baravari
III reyting guruhi ijrochilari
BHMning 17 baravari
IV reyting guruhi ijrochilari
BHMning 10 baravari
b) restoranlar, barlar, qahvaxonalar, xususiy uylarda yubiley tantanalarida xizmat ko'rsatish, restoranlar, barlar, qahvaxonalar va xususiy uylarda to'ylar (nikohni qayd etish, osh berish, kechqurungi nikoh to'yi, «kelin salom»), «sunnat to'yi» tadbirlariga xizmat ko'rsatish, hordiq chiqarish muassasalari, klublar, diskotekalar, restoranlar, barlar va qahvaxonalarda xizmat ko'rsatish (yakkaxon xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, qiziqchi, didjey-ovoz operatori, ma'mur va boshqalar)
V reyting guruxi ijrochilari
BHMning 7 baravari
VI reyting guruhi ijrochilari
BHMning 4 baravari
Izoh . Kontsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun, faoliyat turiga qarab, davlat boji bir jismoniy shaxsga bir yil hisobidan to'lanadi.
lex.uz’dagi asl matnDavlat boji stavkalari (Davlat boji to'g'risidagi qonun ilovasi)
9-band. 9. Kontsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun, faoliyat turiga qarab
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.