Bojxona kodeksi

103-modda. Erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar

(103-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan quyidagi operatsiyalar amalga oshirilishi mumkin: tovarning o'zgarmas holatda but saqlanishini ta'minlash operatsiyalari; tovarni sotishga va tashishga tayyorlash operatsiyalari, shu jumladan turkumlarga bo'lish, jo'natmalarni shakllantirish, saralash, o'rash-joylash, qayta o'rash-joylash, tamg'alash operatsiyalari (aktsiz markalari bundan mustasno) va boshqa shu kabi operatsiyalar; oddiy yig'ish operatsiyalari; tovardan erkin omborda ishlatiladigan texnologik uskuna va uning ehtiyot qismlari, yuklash-tushirish texnikasi, boshqa texnik vositalar sifatida foydalanish operatsiyalari. Erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan chakana savdo operatsiyalarini amalga oshirishga yo'l qo'yilmaydi. Erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan ayrim operatsiyalarni amalga oshirishga qonunchilikka muvofiq taqiqlar va cheklovlar belgilanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.