Bojxona kodeksi

108-modda. Tovarni erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur bo'ladigan hujjatlar

Tovarni erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi. Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar bo'lgan taqdirda erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlar mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.