Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga har qanday tovarlar joylashtiriladi, bundan ro'yxati qonunchilikda belgilab qo'yilgan tovarlar mustasno.
Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarni deklaratsiyalash boj olinmaydigan savdo do'koni faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo'lgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
Tovarlar boj olinmaydigan savdo bojxona rejimida cheklanmagan muddatda turishi mumkin.
Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar bilan quyidagi operatsiyalar amalga oshirilishi mumkin:
tovar realizatsiya qilinguniga qadar uning o'zgarmas holatda but saqlanishini ta'minlash operatsiyalari;
tovarlarni sotishga tayyorlash bo'yicha, shu jumladan saralash, o'rash-joylash, qayta o'rash-joylash, tamg'alash operatsiyalari (aktsiz markalari bundan mustasno).
Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar realizatsiya qilinguniga qadar o'zgarmas holatda qolishi kerak, bundan iste'mol qilish uchun mo'ljallangan oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash uchun foydalaniladigan tovar mustasno.
Boj olinmaydigan savdo do'konida realizatsiya qilinadigan tovarlar tovarning boj olinmaydigan savdo do'koniga mansubligini anglatuvchi maxsus tamg'aga ega bo'lishi va chakana sotish uchun oldindan o'rab, joylangan bo'lishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn114-modda. Tovarni boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari
(114-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.