Tovarlarni yo'q qilish bojxona rejimiga joylashtirishga, agar yo'q qilinadigan tovarlar o'zining iste'mol xossalarini to'liq yo'qotadigan bo'lsa va ularning dastlabki holatini iqtisodiy foydali usulda tiklab bo'lmasa, yo'l qo'yiladi.
Quyidagi tovarlarning yo'q qilinishiga yo'l qo'yilmaydi:
madaniy boyliklarning;
yo'q bo'lib ketish xavfi ostida turgan hayvonlar va o'simliklar turlarining, ularning qismlari va derivatlarining, bundan epidemiyalar va epizootiyalarning oldini olish maqsadida yo'q qilinishi talab etiladigan hollar mustasno.
Quyidagi hollarda tovarlarni yo'q qilishga yo'l qo'yilmaydi, agar:
yo'q qilish atrof muhitga zarar yetkazishi yoxud insonlarning hayoti va sog'lig'iga bevosita xavf tug'dirsa yoki xavf tug'dirish ehtimoli bo'lsa;
yo'q qilish tovarlarning odatiy maqsadiga ko'ra ularni iste'mol qilish orqali amalga oshirilsa;
bojxona organi tovarlar amalda yo'q qilinganligini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo'lmasa;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi davlat organining yo'q qilishni amalga oshirish imkoniyati to'g'risidagi, uni amalga oshirishning usuli va joyi ko'rsatilgan xulosasi bojxona organlarining axborot tizimida bo'lmasa. Ushbu qismning qoidalari avariya yoki yengib bo'lmas kuch ta'siri oqibatida qaytarib bo'lmas tarzda yo'qotilgan tovarlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Tovarlarni yo'q qilish quyidagi yo'llar bilan amalga oshirilishi mumkin:
tovarlarning batamom yo'q bo'lib ketishiga olib keladigan termik, kimyoviy, mexanik tarzdagi yoki boshqa turdagi (yoqib tashlash, buzib tashlash, ko'mib tashlash) ta'sir ko'rsatish;
demontaj qilish, qismlarga ajratish, mexanik usulda buzish, shu jumladan teshish, yirtish, boshqa usulda shikast yetkazish, basharti bunday shikastlanishlar tovarlarni keyinchalik tiklash va ulardan dastlabki ko'rinishida foydalanish imkoniyatini istisno etsa.
Tovarlarni yo'q qilish tabiatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonunchilik talablariga rioya etilgan holda vakolatli shaxs tomonidan uning o'z mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi.
Bojxona omborida saqlanayotgan tovarlarni yo'q qilish bojxona rejimiga joylashtirish to'g'risida tegishli vakolatli davlat organining tovar iste'molga va foydalanishga yaroqsizligi, shuningdek bundan buyon uni saqlash mumkin emasligi haqidagi xulosasiga ko'ra, vakolatli shaxsga oldindan yozma xabar yuborilgan holda bojxona omborining egasi tomonidan ma'lum qilinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn122-modda. Tovarni yo'q qilish bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari
(122-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.