Yo'q qilish bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarning bojxona rasmiylashtiruvi tovar qaysi bojxona organining faoliyat ko'rsatish zonasida turgan bo'lsa, o'sha bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi.
Tovar yo'q qilinguniga qadar vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga tovarni yo'q qilish bojxona rejimiga joylashtirish uchun bojxona yuk deklaratsiyasini, shuningdek tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi.
Tovar bojxona omborida saqlangan taqdirda, yo'q qilinishi ma'lum qilingan tovarni bojxona omboridan olib chiqish uchun bojxona organi tomonidan ro'yxatga olingan bojxona yuk deklaratsiyasi asos bo'ladi.
Tovarni yo'q qilish joyigacha yetkazib berish va uni yo'q qilish bojxona nazorati ostida amalga oshiriladi.
Tovarni yo'q qilish fakti bo'yicha bojxona organining mansabdor shaxsi, vakolatli shaxs va tovarlarni amalda yo'q qilish chog'ida hozir bo'lgan boshqa shaxslar tomonidan imzolanadigan yo'q qilish dalolatnomasi tuziladi.
Tovarni yo'q qilish dalolatnomasi tovar amalda yo'q qilinganidan keyin bir ish kuni ichida bojxona organiga taqdim etiladi.
Bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish va ro'yxatdan o'tkazish yo'q qilishdan avval, uni rasmiylashtirish esa, tovar yo'q qilinganidan keyin amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn126-modda. Yo'q qilish bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarning bojxona rasmiylashtiruvi va bojxona nazorati
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.