Bojxona kodeksi

135-modda. Ruxsatnoma berish to'g'risidagi ariza

(135-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 1 февралдаги ЎРҚ-748-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 02.02.2022 й., 03/22/748/0086-сон — 2022 йил 3 майдан кучга киради)

Ruxsatnoma berish to'g'risidagi arizaning shakli O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi tomonidan belgilanadi. Ruxsatnoma berish to'g'risidagi arizada vakolatli shaxsning elektron manzili ko'rsatilishi mumkin. Ruxsatnoma berish to'g'risidagi arizada vakolatli shaxsning elektron manzili ko'rsatilganligi uning o'z arizasi bo'yicha qabul qilingan qaror to'g'risidagi xabarni axborot tizimi orqali elektron shaklda olishga bo'lgan roziligidir. Ushbu Kodeksning 134-moddasida ko'rsatilgan hujjatlar vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga Interaktiv davlat xizmatlarining yagona portali orqali «bir darcha» printsipi bo'yicha taqdim etiladi. Vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ko'rsatilgan ma'lumotlar bojxona organi uning aksini tasdiqlamagunicha barcha hollarda to'g'ri deb hisoblanadi. Ruxsatnoma berish to'g'risidagi arizada ko'rsatilgan ma'lumotlarning to'g'riligi uchun javobgarlik vakolatli shaxsning zimmasida bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.