Bojxona kodeksi

145-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini bojxona hududiga vaqtincha olib kirish

Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini bojxona to'lovlari to'lashdan shartli ozod etilgan holda bojxona hududiga vaqtincha olib kirishga quyidagi hollarda yo'l qo'yiladi, agar u: chet davlat hududida ro'yxatdan o'tkazilgan bo'lsa; tovarlarni va yo'lovchilarni tijorat maqsadida tashish uchun foydalanilayotgan bo'lsa; bojxona hududiga chet ellik shaxs yoxud chet ellik shaxs vakolat bergan O'zbekiston Respublikasi yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan olib kirilayotgan bo'lsa; ijara shartnomasining predmeti yoki mazkur transport vositasiga bo'lgan huquqni O'zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsiga transport operatsiyasini transport vositasini bojxona hududidan qaytarib olib chiqish yo'li bilan tugallashdan o'zga maqsadda o'tkazishni nazarda tutuvchi boshqa shartnoma predmeti bo'lmasa. Vaqtincha olib kirilgan transport vositasiga nisbatan mulk huquqi O'zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsiga o'tgan bo'lsa, tegishli bojxona rejimiga joylashtirilishi lozim. Transport vositasi ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq bo'lmagan hollarda, shuningdek bojxona to'lovlarini to'lashdan shartli ozod etishni qo'llash shartlariga rioya etilmagan taqdirda, transport vositasiga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda davriy bojxona to'lovlari qo'llaniladigan vaqtincha olib kiriladigan tovar sifatida qaraladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.