Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalari bilan birga olib chiqiladigan va ular bilan qaytarib olib kirish uchun mo'ljallangan, yuklarni ortish, tushirish, ularga ishlov berish va ularni himoyalash uskunalari, transport vositalaridan alohida foydalanish mumkinligi yoki mumkin emasligidan qat'i nazar, vaqtincha olib chiqilgan taqdirda ular bojxona to'lovlari to'lashdan ozod etilishi lozim.
Tijorat maqsadlarida foydalanishga vaqtincha olib chiqilgan transport vositasiga o'rnatilgan qismlarni va uskunalarni almashtirish maqsadida ta'mirlash yoki texnik xizmat ko'rsatilayotganda foydalanish uchun mo'ljallangan uskunalar va ehtiyot qismlar vaqtincha olib chiqilgan taqdirda bojxona to'lovlari to'lashdan ozod etilishi lozim.
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalarining almashtirilgan uskunalari va ehtiyot qismlari bojxona to'lovlari to'lanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qo'llanilmagan holda bojxona hududiga qaytarib olib kiriladi.
lex.uz’dagi asl matn153-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalarining uskunalarini va ehtiyot qismlarini vaqtincha olib chiqish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.