Bojxona kodeksi

157-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan olib o'tiladigan tovarlarga nisbatan bojxona to'lovlarining qo'llanilmasligi

(157-модданинг иккинчи ва учинчи хатбошилари Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 1 февралдаги ЎРҚ-748-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 02.02.2022 й., 03/22/748/0086-сон — 2022 йил 3 майдан кучга киради)

Bojxona to'lovlari quyidagilarga nisbatan qo'llanilmaydi: jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda xalqaro pochta va kuryerlik jo'natmalarida yuborilayotgan tovarlarga nisbatan, tovarlarni qonunchilikda belgilangan bojsiz olib kirish normasi doirasida; jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o'tilayotgan tovarlarga nisbatan, tovarlarni qonunchilikda belgilangan bojsiz olib kirish normasi doirasida, bundan jismoniy shaxs manziliga kelayotgan tovarlar mustasno; doimiy yashash joyi o'zgarganligi munosabati bilan jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib o'tilayotgan shaxsiy mol-mulkka nisbatan, bundan transport vositalari mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.