Bojxona organi bojxona nazoratini o'tkazish uchun:
nazorat qilinishi bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyatni amalga oshiruvchi vakolatli shaxslardan va boshqa shaxslardan bojxona nazoratini o'tkazish uchun zarur hujjatlar va ma'lumotlarni;
tadbirkorlik faoliyati sub'yektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazishni amalga oshiruvchi organlardan va boshqa organlardan bojxona nazoratini o'tkazish uchun zarur hujjatlar va ma'lumotlarni talab qilib olish huquqiga ega.
Hujjatlar va ma'lumotlarni taqdim etish to'g'risida so'rov yo'llangan, ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatib o'tilgan shaxslar va organlar ushbu hujjatlar va ma'lumotlarni bojxona organiga mumkin qadar qisqa muddatlarda yuborishi shart.
Bojxona deklaratsiyasi hamda bojxona nazoratini o'tkazish uchun zarur bo'lgan boshqa hujjatlar tovarlar bojxona nazorati ostida turgan tovar maqomini yo'qotgan yildan keyingi yildan e'tiboran uch yil davomida saqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn184-modda. Bojxona nazorati uchun zarur bo'ladigan hujjatlar va ma'lumotlarni taqdim etish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.