Bojxona kodeksi

190-modda. Hujjatlarni va ma'lumotlarni tekshirish

Bojxona nazoratini amalga oshirishda bojxona organlari taqdim etilgan, bojxona maqsadlari uchun ahamiyatga molik hujjatlarni tekshiradi. Taqdim etilgan hujjatlarni va ma'lumotlarni tekshirish: hujjatlarning asosiy rekvizitlari to'liq va to'g'ri to'ldirilganligini; zarur imzolar va muhrlarning (elektron raqamli imzoning) mavjudligini; tuzatishlarning tasdiqlanganganligini aniqlashni o'z ichiga oladi. Bojxona organlariga taqdim etilgan hujjatlarda ko'rsatilgan ma'lumotlarning to'g'riligini tekshirish ularni quyidagilardan olingan ma'lumotlar bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi: taqdim etilgan boshqa hujjatlar va ma'lumotlardan olingan axborotlar; uchinchi shaxslardan va boshqa manbalardan olingan axborotlar; bojxona nazoratining boshqa shakllarini o'tkazish, bojxona statistikasi ma'lumotlarini tahlil etish, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda ma'lumotlarni qayta ishlash natijalari asosida olingan axborotlar. Bojxona organi qo'shimcha ma'lumotlarni faqat taqdim etilgan hujjatlardagi ma'lumotlarni tekshirish maqsadida, sababini ko'rsatgan holda talab qilib olishga haqli. Taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish va (yoki) qo'shimcha ma'lumotlarni talab qilib olish tovarlarni chiqarib yuborishga to'sqinlik qilmaydi, bundan ushbu hujjatlarning: haqiqiy emasligi; boshqa tovarlarga taalluqliligi; tovarlarni chiqarib yuborish, ularni so'ralayotgan bojxona rejimiga joylashtirish mumkinligi to'g'risida bojxona organi tomonidan qaror qabul qilinishiga va (yoki) bojxona to'lovlari to'lanishiga ta'sir ko'rsatadigan noto'g'ri ma'lumotlarni o'z ichiga olganligi ushbu Kodeks 248-moddasining to'rtinchi qismida belgilangan muddatlarda bojxona organi tomonidan aniqlangan hollar mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.