Bojxona kodeksi

194-modda. Tovarlarning tamg'alanishini tekshirish

(194-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Tovarlarning tamg'alanishini tekshirish tovarlarda yoki ularning qadoqlarida maxsus tamg'alar, identifikatsiyalash belgilari yoki tovarni belgilashning boshqa vositalari mavjudligini tekshirishni nazarda tutadi. Bojxona hududiga olib kiriladigan alohida tovarlar bo'yicha bojxona to'g'risidagi qonunchilikda ularni maxsus tamg'alar, identifikatsiyalash belgilari yoki tovarlarni belgilashning boshqa vositalari bilan tamg'alash talabi qo'yilishi mumkin. Tovarlarda ushbu moddaning ikkinchi qismida ko'rsatilgan maxsus tamg'alar, identifikatsiyalash belgilari yoki tovarlarni belgilashning boshqa vositalari mavjud emasligiga, shunday tovarlari mavjudligi aniqlangan yuridik yoki jismoniy shaxs buning aksini isbotlamasa, tovarlarni bojxona hududiga bojxona rasmiylashtiruvisiz olib kirganlik yoki chiqarib yuborganlik faktining tasdiqlanishi deb qaraladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.