Bojxona kodeksi

201-modda. Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati

(201-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 1 февралдаги ЎРҚ-748-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 02.02.2022 й., 03/22/748/0086-сон — 2022 йил 3 майдан кучга киради)

Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyin bojxona organlari, agar bojxona to'g'risidagi qonunchilik buzilishlari mavjud deb taxmin qilish uchun yetarli va tasdiqlangan asoslar mavjud bo'lsa, bojxona nazoratini amalga oshirishga, shu jumladan bojxona auditi usullari asosida amalga oshirishga haqli. Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati amalga oshirilayotganda bojxona organlari tovarlarning borligini tekshirishga, ularni qayta bojxona ko'rigidan o'tkazishga, bojxona deklaratsiyasida ko'rsatilgan ma'lumotlarni qayta tekshirishga, hujjatlarni hamda ushbu tovarlar bilan amalga oshiriladigan tashqi iqtisodiy operatsiyalarga va undan keyingi tijorat operatsiyalariga taalluqli axborotni tekshirishga haqli. Tekshiruv mazkur operatsiyalarga bevosita yoki bilvosita aloqador yoxud zarur hujjatlarga ega bo'lgan yuridik va jismoniy shaxslar joylashgan yerlarda o'tkazilishi mumkin. Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazoratini o'tkazish uchun bojxona organi boshlig'ining yoki uning o'rnini bosuvchi shaxsning tekshiruv maqsadi, uni o'tkazish muddatlari, tekshiruvchi bojxona organi mansabdor shaxslarining tarkibi va tekshirilayotgan davr ko'rsatilgan qarori asos bo'ladi. Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati ayni bir kontrakt (shartnoma, kelishuv) bo'yicha ko'pi bilan bir marta o'tkazilishi mumkin. Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati hamda bojxona to'lovlarini qo'shimcha hisoblash tovarlarning bojxona nazorati ostida bo'lishi tugagan paytdan e'tiboran uch yil ichida amalga oshirilishi mumkin. Bojxona organlari bojxona to'g'risidagi qonunchilikka rioya etilganligini vakolatli shaxs tomonidan bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida taqdim etilgan hujjatlarni moliya-xo'jalik faoliyatiga bog'liq hujjatlarda aks ettirilgan ma'lumotlar bilan solishtirgan holda o'rganish va tekshirish orqali bojxona auditini amalga oshiradi. Bojxona auditini o'tkazish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.