Bojxona kodeksi

204-modda. Xavfni boshqarish tizimida qo'llaniladigan asosiy tushunchalar

(204-модданинг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Xavfni boshqarish tizimida quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi: xavf — bojxona to'g'risidagi qonunchilikka rioya etilmasligi ehtimolining darajasi; aniqlangan xavf — bojxona to'g'risidagi qonunchilikni buzish sodir etilganligidan va bojxona organlari ushbu holat to'g'risida ma'lumotga ega ekanligidan dalolat beruvchi fakt; potentsial xavf — aniqlanmagan, lekin uning yuzaga kelishi uchun sharoitlar mavjud bo'lgan xavf; xavf indikatorlari — oldindan belgilangan ko'rsatkichlarga ega muayyan mezonlar bo'lib, ulardan og'ish yoki ularga mos kelish nazorat ob'yektini tanlashni amalga oshirish imkonini beradi; xavf profili — xavf sohasi, xavf indikatorlari to'g'risidagi ma'lumotlar yig'indisi, shuningdek xavfning oldini olish yoki uni imkon qadar kamaytirish bo'yicha zarur choralarni ko'rish to'g'risidagi ko'rsatmalar; xavf sohasi — xavf tahlilining ayrim guruhlarga bo'lingan ob'yektlari bo'lib, ularga nisbatan bojxona nazoratining alohida shakllari yoki majmui qo'llanilishi, shuningdek ularning samaradorligini oshirish talab etiladi; xavfni baholash — xavfning yuzaga kelishi ehtimolini va u yuzaga kelganda bojxona to'g'risidagi qonunchilikning buzilishi oqibatlarini muntazam ravishda aniqlab borish; yashiruvchi tovarlar — xavf tovarlari o'rniga deklaratsiyalanishi ehtimoli yetarli darajada bo'lgan tovarlar; xavf tovarlari — xavf aniqlangan yoki potentsial xavf mavjud bo'lgan bojxona chegarasi orqali olib o'tilayotgan tovarlar; xavf darajasi — xavfning yuzaga kelishining ehtimoliga va uning mumkin bo'lgan oqibatlariga bog'liq tarzda aniqlanadigan xavfning holati; xavf tahlili — bojxona organlarida mavjud bo'lgan axborotdan xavfning yuzaga kelishi holatlari va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni identifikatsiyalash va bojxona to'g'risidagi qonunchilikka rioya etilmasligining ehtimol tutilgan oqibatlarini baholash maqsadida muntazam ravishda foydalanish; xavfni boshqarish — xavfning oldini olish va ularni imkon qadar kamaytirish, ularning qo'llanilish samaradorligini baholash, shuningdek bojxona operatsiyalarining bajarilishi ustidan nazorat qilish bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalda bajarishni, bojxona organlarida mavjud bo'lgan axborotning uzluksiz yangilanishini, tahlil etilishini va qayta ko'rib chiqilishini nazarda tutuvchi doimiy ishlar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.