Bojxona kodeksi

208-modda. Bojxona ekspertizasi tushunchasi va maqsadi

Bojxona ekspertizasi tovarlarni identifikatsiyalashga qaratilgan hamda ekspert tomonidan fan, texnika, san'at yoki hunarmandchilik sohasidagi maxsus bilimlar asosida tadqiqotlar o'tkazish va xulosa berishdan iborat protsessual harakatdir. Bojxona ekspertizasining maqsadi tovarlarni: O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq tovarning tasniflanishi to'g'ri bo'lishini nazorat qilish uchun; ularni qayta ishlash mahsulotlarida; intellektual mulkka bo'lgan huquqlarga rioya etilishi uchun identifikatsiyalashdan iboratdir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.