Ekspert:
bojxona ekspertizasining predmetiga taalluqli bo'lgan materiallar bilan tanishish;
tovarlar va hujjatlarni ko'zdan kechirish;
bojxona ekspertizasini o'tkazish uchun zarur bo'lgan qo'shimcha materiallar taqdim etilishi, shuningdek bojxona ekspertizasini o'tkazishga boshqa ekspertlar jalb qilinishi haqida iltimosnomalar berish;
o'z xulosasida nafaqat o'z oldiga qo'yilgan masalalar bo'yicha, balki bojxona ekspertizasi predmetiga taalluqli bo'lgan va bojxona ishi uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar bo'yicha ham natijalarni bayon qilish huquqiga ega.
Ekspert:
o'ziga taqdim etilgan tekshirish ob'yektlarining har tomonlama va to'liq tekshiruvini o'tkazishi, o'z oldiga qo'yilgan masalalar yuzasidan belgilangan muddatda asoslangan va xolisona xulosa berishi;
bojxonaga oid huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni yuritayotgan yoki ko'rib chiqayotgan bojxona organi mansabdor shaxsining chaqiruvi bo'yicha o'zi bergan xulosasiga tushuntirishlar berish yoki uni to'ldirish uchun hozir bo'lishi;
bojxona nazoratini o'tkazishda bojxona organining talabiga ko'ra ishtirok etishi;
bojxona ekspertizasi o'tkazilishi munosabati bilan o'ziga ma'lum bo'lib qolgan ma'lumotlarni oshkor etmasligi;
taqdim etilgan tekshirish ob'yektlarining butligini ta'minlashi shart.
Ekspert qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega bo'lishi va uning zimmasida o'zga majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn213-modda. Ekspertning huquq va majburiyatlari
(213-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.