Tashuvchi quyidagi hollarda tovarlarni va (yoki) transport vositalarini tashish uchun qabul qilmaslikka haqli, agar:
tovarning kuzatuv hujjatlari belgilangan tartibni buzgan holda rasmiylashtirilgan bo'lsa;
transport vositasiga va tovarlar o'roviga qo'yilgan bojxona identifikatsiyalash vositalari tashilayotgan tovarlarga ana shunday ta'minlov choralarini buzmasdan tegish imkoniyatini istisno etmasa.
Tashuvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
Bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni bojxona hududi bo'ylab tashish chog'ida tashuvchi:
tovarlarning, plombalarning va muhrlarning, yoki, agar foydalanilgan bo'lsa, boshqa bojxona identifikatsiyalash vositalarining butligini ta'minlashi;
bojxona organlarining ruxsatisiz tovarlar bilan yuk operatsiyalarini o'tkazishga yo'l qo'ymasligi, bundan ushbu Kodeks 225-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda tovarni tushirib boshqa transport vositasiga qayta yuklash mustasno;
tashiladigan tovarlarni bojxona nazorati zonasiga joylashtirishi;
transport vositalarini tegishli texnik holatda saqlashi va ushbu Kodeksning 227-moddasiga muvofiq bojxona nazorati ostidagi tovarlarni tashish uchun transport vositalarining jihozlanishiga doir talablarga mosligini ta'minlashi;
tabiiy eskirish yoxud normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi o'zgarishlarni istisno etganda, tovarlarni va (yoki) transport vositalarini o'zgarmas holatda, boshqa biror maqsadda foydalanmasdan yetkazib berishi;
tovarlar yo'qolganda yoki bojxona organlarining roziligisiz boshqa shaxslarga berib yuborilgan taqdirda bojxona to'lovlarini to'lashi shart.
Belgilangan joyga yetib kelgandan so'ng tashuvchi bojxona organini yozma ravishda xabardor qilmasdan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini to'xtash joylarida qarovsiz qoldirishga, to'xtash joyini o'zgartirishga, yo'lovchilarni tushirib yuborishga, tovarlar bilan biror-bir yuk va o'rov-joylov operatsiyasini bajarishga, bojxona identifikatsiyalash vositalarini o'zgartirishga, olib tashlashga yoki yo'q qilishga haqli emas.
Tashuvchi barcha tovarlar to'g'risidagi axborotning yuk kuzatuv hujjatlariga kiritilishini ta'minlash yoki tovarlar to'g'risidagi axborotni bojxona organi e'tiboriga yetkazish uchun bojxona organi oldida javobgar bo'ladi.
Tashuvchining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn219-modda. Tashuvchining huquq va majburiyatlari
(219-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 27 февралдаги ЎРҚ-913-сонли Қонунига асосан бешинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.02.2024 й., 03/24/913/0158-сон — 2024 йил 28 майдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.