Bojxona kodeksi

235-modda. Bojxona tashuvchisi

(235-модданинг биринчи, иккинчи ва учинчи қисмлари Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 27 ноябрдаги ЎРҚ-1099-сонли Қонунига асосан биринчи қисм билан алмаштирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.11.2025 й., 03/25/1099/1104-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 март)

Bojxona tashuvchisi: avtomobil transportida yuklarni xalqaro yo'nalishlar bo'yicha tashish faoliyati uchun litsenziyaga ega bo'lgan; ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojxona to'lovlari to'lanishini ta'minlagan; ushbu Kodeksning 227-moddasi talablariga muvofiq tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashish uchun yaroqli avtotransport vositasiga ega bo'lgan; O'zbekiston Respublikasi yuridik shaxsining fuqarolik javobgarligi xavfini sug'urtalash shartnomasi mavjud bo'lgan O'zbekiston Respublikasi yuridik shaxsidir. Bojxona tashuvchisi bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni tashishni bojxona hamrohligida kuzatib borishni qo'llamagan holda amalga oshiradi. Bojxona tashuvchilarining tovarlarni jo'natuvchilar va oluvchilar bilan o'zaro munosabatlari shartnoma asosida yo'lga qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.