Bojxona kodeksi

275-modda. Deklarantning huquqlari

(275-модда иккинчи қисмининг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Tovarlarni deklaratsiyalashda deklarant quyidagi huquqlarga ega: bojxona deklaratsiyasi va bojxona maqsadlari uchun zarur boshqa hujjatlar berilguniga qadar tovarlarni bojxona nazorati ostida ko'zdan kechirish hamda o'lchash, ularning namunalari va nusxalarini olish; tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvini o'tkazishda, bojxona organining mansabdor shaxslari tomonidan namunalar va nusxalar olinayotganda tovarlarning tekshirilishida hozir bo'lish; bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan olingan namunalar va nusxalarni tekshiruvdan o'tkazish natijalari bilan tanishish; bojxona rasmiylashtiruvi bo'yicha operatsiyalarni bajarish uchun bojxona nazorati zonasiga kirish; bojxona masalalari bo'yicha bojxona organlaridan axborot va maslahatlar olish; tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona hududidan olib chiqish niyati to'g'risida bojxona organlarini xabardor qilish; dastlabki operatsiyalar amalga oshirilayotganda bojxona maqsadlari uchun zarur bo'ladigan hujjatlarning loyihalarini tayyorlash; deklaratsiyalanadigan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona omborlariga bojxona nazorati ostida joylashtirish; tovarlarni elektron shaklda deklaratsiyalash uchun zarur hujjatlar va ma'lumotlarni taqdim etish uchun mo'ljallangan bojxona organlarining axborot tizimlaridan foydalanish. Tovarning bojxona qiymatini aniqlashda deklarant quyidagi huquqlarga ega: bojxona organiga taqdim etilgan, tovarning bojxona qiymatini aniqlashda foydalanilgan ma'lumotlarning ishonchliligini isbotlash; tovarning ma'lum qilingan bojxona qiymatiga aniqlik kiritish zarurati tug'ilganda, basharti tovarning bojxona organi tomonidan aniqlangan bojxona qiymatiga muvofiq bojxona to'lovlari to'lanishini ta'minlasa yoxud bojxona to'lovlarini to'lasa, deklaratsiyalangan tovardan bojxona organining ruxsati bilan foydalanish; tovarning bojxona qiymatini aniqlash xususida bojxona organining qarori, uning mansabdor shaxslari harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish. Deklarant qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.