Bojxona kodeksi

297-modda. Tarif imtiyozlari

(297-модда иккинчи қисмининг 14-банди Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 5 ноябрдаги ЎРҚ-992-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 06.11.2024 й., 03/24/992/0895-сон)

Tashqi savdo siyosati amalga oshirilayotganda ilgari to'langan bojxona bojini qaytarish, bojxona boji stavkasini pasaytirish va bojxona bojini to'lashdan ozod etish tarzida tarif imtiyozlari berilishiga yo'l qo'yiladi. Bojxona bojidan ozod etish tarzidagi tarif imtiyozlari quyidagilarga nisbatan beriladi: 1) xalqaro yo'nalishda yuklar, bagaj va yo'lovchilar tashishni amalga oshiradigan transport vositalariga, shuningdek ularning yo'lda qatnov vaqtida, oraliq to'xtash punktlarida bir maromda ishlashi uchun zarur bo'lgan yoki transport vositalarida yuz bergan avariyalarga (nosozliklarga) barham berish uchun bojxona hududidan tashqarida olingan moddiy-texnika ta'minoti predmetlariga va anjomlariga, yoqilg'iga, oziq-ovqatga va boshqa mol-mulkka; 2) O'zbekiston Respublikasining milliy valyutasiga, chet el valyutasiga (numizmatika maqsadida ishlatiladigan valyuta bundan mustasno), shuningdek qimmatli qog'ozlarga; 3) dengizda ov bilan band bo'lgan O'zbekiston Respublikasi kemalarini hamda O'zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan ijaraga olingan (fraxt qilingan) kemalarning faoliyatini ta'minlash uchun bojxona hududidan tashqariga olib chiqiladigan moddiy-texnika ta'minoti predmetlariga va anjomlariga, yoqilg'iga, oziq-ovqatga va boshqa mol-mulkka, shuningdek ularning bojxona hududiga olib kiriladigan ov mahsulotiga; 4) davlat mulkiga aylantirilishi lozim bo'lgan tovarlarga; 5) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda insonparvarlik yordami sifatida olib kiriladigan tovarlarga; 6) davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa tashkilotlar va shaxslar yo'nalishlari bo'yicha xayriya yordami maqsadlarida, shu jumladan texnik yordam ko'rsatish (grantlar) uchun olib kiriladigan tovarlarga; 7) uchinchi davlatlar uchun mo'ljallangan va bojxona nazorati ostida bojxona hududidan bojxona tranziti bojxona rejimida olib o'tiladigan tovarlarga; 8) O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo'yicha to'liq yoki qisman xalqaro moliya institutlarining va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag'lari (qarzlari, kreditlari) hisobidan O'zbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan loyihalar doirasida yuridik shaxslar tomonidan olinadigan tovarlarga; Bunda O'zbekiston Respublikasining tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan xalqaro moliya institutlarining va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag'lari (qarzlari, kreditlari) hisobidan sotib olinadigan tovarlar bo'yicha imtiyozlar qo'llanilmaydi. 10) chet ellik investorlar, chet ellik investorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq O'zbekiston Respublikasida turgan chet davlatlar fuqarolari va O'zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy ravishda yashaydigan fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning shaxsiy ehtiyojlari uchun bojxona hududiga olib kiriladigan mol-mulkka; 11) O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga umumiy summasi ellik million AQSh dollari ekvivalentidan ortiq bo'lgan to'g'ridan-to'g'ri investitsiyani amalga oshirgan chet ellik yuridik shaxslar tomonidan bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarga, basharti olib kirilayotgan tovarlar ularning o'z ishlab chiqarish mahsuloti bo'lsa; 12) mahsulot taqsimotiga oid bitim bo'yicha ishlar olib borish uchun mo'ljallangan va loyiha hujjatlariga muvofiq mahsulot taqsimotiga oid bitim bo'yicha ishlarni bajarishda ishtirok etayotgan chet ellik investor yoki boshqa shaxslar tomonidan bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarga, shuningdek investor tomonidan bojxona hududidan olib chiqiladigan, mahsulot taqsimotiga oid bitimga muvofiq investorga tegishli bo'lgan mahsulotga; 13) O'zbekiston Respublikasida o'xshashi ishlab chiqarilmaydigan, tasdiqlangan ro'yxat bo'yicha O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalarga; 14) maxsus vakolatli davlat organining yozma shakldagi tasdig'i bo'lgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari hamda tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo'yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalariga; 14¹) maxsus vakolatli davlat organi tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari; 15) O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi, olimpiya hamda paralimpiya sport turlari bo'yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) takliflari asosida belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan shakllantiriladigan hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro'yxat bo'yicha davlat hamda nodavlat sport-ta'lim tashkilotlari tomonidan o'z ehtiyojlari uchun xorijdan import qilinadigan, O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan maxsus sport kiyim-boshlari (ekipirovkalari), poyabzal, sport anjomlari, jihozlari va uskunalari uchun belgilangan bojxona boji stavkasining ellik foiziga; 16) tovarlarni qayta ishlashda hosil bo'ladigan chiqindilarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilganda.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.